Tojikiston chegarasida Afg‘onistondagi vaziyat bois nazorat kuchaytirildi

© AFP POOL / APTojik chegarachisi
Tojik chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq ommaviy axborot vositalari "Tolibon" radikal harakati a’zolari Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz viloyatiga hujum uyushtirishgani haqida xabar tarqatgandi

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Tojikiston chegara qo‘shinlari rahbariyati Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi notinch vaziyat bois chegaraning ushbu qismidagi holatni diqqat bilan kuzatib turibdi, deb xabar berdi RIA Novosti Tojikiston milliy xavfsizliku davlat qo‘mitasining chegara qo‘shinlari boshqarmasi matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga asosan.

Ilgariroq ommaviy axborot vositalari dushanba kuni ertalab "Tolibon" radikal harakati a’zolari Tojikiston bilan chegaradosh Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatiga hujum uyushtirishgani haqida xabar tarqatgandi.

"Chegara qo‘shinlari rahbariyati Qunduzda Afg‘oniston hukumat kuchlari va tolibonchilar o‘rtasida ayovsiz janglar o‘tayotganidan xabardor. Lekin hozircha Tojikiston chegarasiga nisbatan tahdid haqida aytish qiyin", — dedi Ulug‘xo‘jayev.

Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolida Tolibon hujumga o‘tdi - OAV

Uning aytishicha, Afg‘oniston shimolidagi notinch vaziyat sababli chegarachilar jangovar shay holatda turibdi. "O‘tgan yilning o‘rtalarida Afg‘onistonning Qunduz viloyati bilan chegaradosh tumanlarni qo‘riqlash kuchaytirilgan, shuningdek, ikkinchi mudofaa chizig‘ida Tojikiston mudofaa vazirligi harbiylari joylashtirilgan. Zaruriyat tug‘ilganda ular chegarachilarga yordamga yetib kelishadi", — dedi matbuot kotibi.

Afg‘onistondagi vaziyat keyingi oylarda sezilarli ravishda yomonlashdi. Ilgari mamlakatning qishloq joylarini egallab turgan "Toliban" radikal guruhi yirik shaharlarga hujum qilishga o‘tdi. Shuningdek, mamlakatda “ID” terrorchilik guruhining ta’siri kuchaymoqda.

Yangiliklar lentasi
0