TU-154 halokati: "Komandir, qulayapmiz!"

© Press-slujba MChS RF / Mediabankka o‘tishTU-154 halokat joyidagi qidiruv ishlari
TU-154 halokat joyidagi qidiruv ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qutqaruvchilar TU-154 samolyotining hamda jasadlarning bo‘laklarini topishdi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qutqaruvchilar Qora dengizdan 25-dekabr kuni Sochi yaqinida halokatga uchragan Tu-154 samolyotining va jasadlarning bo‘laklarini topishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Uzunligi 60 metrdan ortiq bo‘lgan samolyot bo‘lagi va boshqa bo‘laklar eni ikki yarimdan besh metrgacha bo‘lgan 200 metr masofadagi suv hududida topilgan.

Ma’lum qilinishicha, sohildan 4,5 kilometr narida 20 metr chuqurlikda uchta jism topilgan. Birinchi jismning uzunligi ikki-uch metr, ikkinchisiniki besh metr va uchinchisining uzunligi 60 metrdan oshadi. Samolyotning jami bo‘lib bir yarim mingdan ortiq bo‘lagi topilgan. Ularning uchdan bir qismi suv qa’ridan tortib olingan.

Samolet Tu-154M, avariyno sevshiy v Komi, otremontirovan v Samare - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MVning Tu-154 samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

Bugun OAV ekspertlar Tu-154 samolyotining o‘ziyurar qurilmasini yozuvini o‘qishga muvaffaq bo‘lishganini xabar qildi. Yozuvdan ma’lum bo‘lishicha, halokatga qanot tizimidagi yopgichlarning ishlamay qolganligi sabab bo‘lgan.

Xususan, uchuvchilar kabinasidagi suhbat "Yopgichlar!" degan qichqiriq bilan poyoniga yetadi. So‘ngra esa "Komandir, qulayapmiz!" degan so‘zlar yangraydi.

Yakshanba kuni ertalab Rossiya mudofaa vazirligining Suriyaga yo‘l olgan Tu-154 samolyoti halokatga uchradi. Samolyotda 92 kishi bo‘lib, ular orasida Aleksandrov nomidagi ansamblning 64 a’zosi, Birinchi kanal, NTV va "Zvezda" kanallarining 9 jurnalisti hamda "Adolatli yordam" xayriya fondining rahbari, Doktor Liza nomi bilan tanilgan Yelizaveta Glinka bor edi.

Yangiliklar lentasi
0