TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Bugun ertalab radarlardan yo‘qolib qolgan Tu-154 samolyoti Qora dengizda topildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Sochi shahrining Qora dengiz qirg‘og‘idan 1,5 km uzoqliqda, 50-70 metr chuqurlikda Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti qoldiqlari topildi", — deyilgan xabarda.
Undan tashqari qirg‘oqdan 5km uzoqlikda, halokatga uchragan samolyot
Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti Sochi aeroportidan tong 05:20 da uchib chiqqanidan 20 minut o‘tib aloqaga chiqmay qo‘ygan va radarlardan yo‘qolib qolgan edi.
Rossiyadan suriyaga yo‘l olgan samolyot bortida 91 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning aksariyati Aleksandrov nomli orkestr artistlari, 9 nafar jurnalist va 8 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Artistlar "Xmeymim" aviabazasida xizmat o‘tayotgan Rossiya harbiylarini Yangi yil bilan tabriklashga ketayotgan bo‘lishgan.