Samarqandda Koreyaning kasb-hunarga o‘qitish markazi ochildi

© IEMS HKUSTJanubiy Koreyadagi universitet
Janubiy Koreyadagi universitet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Kim In Shik rahbarligidagi delegatsiya Samarqandga keldi

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda kasb ta’limi imkoniyatlarini rivojlantirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi ish boshladi, deb xabar beradi uz24.uz.

Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Kim In Shik rahbarligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.G‘aniyev, mehnat vaziri A.Abduhakimov hamrohligida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

O‘zbekistonda Koreya madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi

Kim In Shik Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston Mehnat vazirligi va KOICA hamkorligida hayotga tatbiq etilayotgan ''O‘zbekistonda kasb ta’limi imkoniyatlarini rivojlantirish'' loyihasi doirasida respublikada kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlanmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2015 yilda Samarqand shahrida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash va chilangarlik, elektr va elektronika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz tashkil etish ishlari boshlangan.

O‘tgan bir yil davomida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, zamonaviy arxitektura talablariga to‘la javob beradigan loyiha asosida o‘quv-laboratoriya binolari, ustaxonalar, yotoqxona va boshqa yordamchi binolar qurildi.

Yangiliklar lentasi
0