TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Qora dengiz qirg‘og‘idan 1,6km uzoqlikda samolyotning dum qismi bilan birga qora quti topildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
"Tu-154 samolyoti qulagan hududda qidiruv ishlari tuni bilan to‘xtatilmadi. Qidiruv operatsiyasining asosiy harakatlari — samolyot qulagan hududni sinchiklab o‘rganib chiqishga qaratildi. Tong soat 05:42da qirg‘oqdan 1600 metr uzoqlikda 17 metr chuqurlikda "Falkon"suv osti apparati yordamida samolyotning asosiy qora qutisi topildi", — deyilgan xabarda.
Mudofaa vazirlgi xabariga ko‘ra, qora quti qisqa vaqt ichida Moskva viloyatida joylashgan Harbiy Havo kuchlarining ilmiy-tekshirish markaziga olib kelinadi.
Qora quti samolyotning dum qismi bilan birgalikda topilgan. Ayni damda u suvdan chiqarib olib qirg‘oqqa olib kelingan.
Qora quti samolyotning dvigatel, rul, qanot boshqaruv tizimlari haqidagi ma’lumotlarni hamda kabinada bo‘lgan ekipaj suhbatini uzuluksiz ravishda yozib boradi. Baxtsiz hodisa yuz berganda ushbu ma’lumotlar mutaxassislarga fojea sabablarini aniqlash imkonini beradi.
Ayni damda Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati Tu-154 halokati sababi sifatida 4 asosiy sabablarni o‘rganmoqda: samolyot nosozligi, dvigatelga chetdan biror predmet tushishi, sifatsiz yonilg‘i va uchuvchilar xatosi. Dastlabki bosqichda oldinga surilgan terakt ehtimoli — o‘z taksdig‘ini topmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti Qora dengiz ustida halokatga uchragan edi. Samoloyotda bo‘lgan 92 kishi halok bo‘lgan edi.