Toshkent maydon va xiyobonlarida yangi yil tomoshalari boshlandi

© Yuriy Korsunsev / UZ24Yangi yil kayfiyatidagi Toshkent
Yangi yil kayfiyatidagi Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Bosh archasi "Lokomotiv-Anhor" maydoni markazi o‘rnatildi. Balandligi 26 metr, aylanasi 7 metrdan ortiq go‘zal archaga minglab shar va o‘yinchoqlar, kamalakrang chiroqlar zeb berib turibdi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekistondagi madaniyat va istirohat bog‘lari, maydon va xiyobonlarida Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Xabarda ta’kidlanishicha, mustaqillik maydoni, ko‘chalar, ko‘plab bog‘lar ko‘zni qamashtirguchi o‘yinchoqli zumrad archalar bilan bezatilgan.

Prezidentskie podarki k Novomu godu otpravilis v regioni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Prezident sovg‘alari viloyatlarga yo‘l oldi
Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan-musiqiy tadbirlar ​Xadra maydoni, Yunusobod tumani Sayilgoh maydoni, Chilonzor tumani "Algoritm" dahasidagi "Roison Electronics" korxonasi oldi maydoni, Yashnobod tumani "Aviasozlar" shaharchasi maydoni, Mirzo Ulug‘bek tumani "Lokomotiv" bog‘i, Sergeli tumani "Baxt diyori" guzari oldidagi maydon hamda Bektemir tumani "Quyoshcha nuri" madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkazilmoqda. Bu yerda "Zumrad shaharcha sehrgari", "Baxt kaliti", "G‘aroyib qush", "Qor malikasi" va boshqa ko‘plab spektakllar bilan birga rang-barang musiqiy dasturlar, o‘yin va viktorinalar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, sirk ustalarining dasturi tomoshabinlarga taqdim etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonning Bosh archasi "Lokomotiv-Anhor" maydoni markazi o‘rnatildi. Balandligi 26 metr, aylanasi 7 metrdan ortiq go‘zal archaga minglab shar va o‘yinchoqlar, kamalakrang chiroqlar zeb berib turibdi

Maydondagi sahnada O‘zbek Milliy akademik drama teatrining "Semurg‘" tomoshasi bolajonlar e’tiboriga havola etilmoqda. Rang-barang konsertlar, turli intellektual o‘yinlar, qiziqarli tomoshalar bayramga yanada shukuh bag‘ishlaydi. Ulkan Qorbola, ayig‘u tulkichalar, ertak va multfilmlardagi quvnoq qahramonlarni ham aynan shu yerning o‘zida uchratish mumkin. Turli projektorlar, yoritish moslamalari, lazerli texnologiyalar, zamonaviy maxsus badiiy effektlar maydonning oqshomgi ko‘rinishiga o‘zgacha maftunkorlik, sehr va joziba bag‘ishlaydi. Ertaklar olamiga tushib qolgandek his etasiz o‘zingizni.

Yangiliklar lentasi
0