Rossiya biznesi vakillari Visa va MasterCard ustidan arz qilishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishVISA va MasterCard kartochkalari
VISA va MasterCard kartochkalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari hamda Chakana savdo korxonalari assotsiatsiyalari Federal Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasiga Visa va MasterCard to‘lov tizimlari ustidan arz qilishdi.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Rossiya Maishiy va kompyuter texnikasi ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (RATEK) Federal Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasiga (FAS) Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari ustidan arz qilishdi, RBK xabariga ko‘ra.

RATEK xabariga ko‘ra Visa va MasterCard to‘lov tizimlari, qonunga xilof ravishda, erkin savdo amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

FASga yuborilgan ushbu murojaatnomani Rossiyaning yana bir necha biznes assotsiatsiyalari qo‘llab quvvatlashdi. Ular orasids Chakana savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi (AKORT), Internet-savdo kompaniyalari assotsiatsiyalari (AKIT) ham bor.  

Bank kartalari uchun to‘lov terminali - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard - xalqaro bank kartalarini qabul qila boshlaydi

Murojaatda aytilishiga ko‘ra, naqd pul bilan savdo qilganda ekvayring xarajatlari 0,1 – 0,5%ni tashkil qilsa, Visa yoki MasterCard to‘lov tizimlari orqali to‘lov amalga oshirilganda bank operatsiyalari xarajatlari  3,5 %ga yetmoqda.

Visa va MasterCard to‘lov tizimlari Rossiya bozorida eng ommaviy to‘lov tizimlari hisoblanadi. 2015 yil davomida ushbu xalqaro to‘lov tizimlarga savdo korxonalari 150 milliard rubl to‘lashgan.

Rossiya biznes vakillarining fikriga ko‘ra, naqd pul va to‘lov kartalari xarajatlari orasidagi bunday katta farq erkin savdo rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda umumiy savdodan 90% bank kartalari yordamida amalga oshirilsa, Rossiyada bunday to‘lovlar faqat 29% ni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari banklararo operatsiyalar uchun olinadigan komissiya (interchange fee), ko‘p hollarda aniq belgilanmagan va to‘lov tizimi xoxishiga qarab 0,5% dan 2,1%gacha bo‘lishi mumkin. Savdo assotsiassiyalari xabariga ko‘ra, bir xil to‘lov kartasi yordamida turli mahsulotlar xarid qilgandan bank komissiyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, oziq-ovaqat xarid qilganda — 1,3%, benzin — 1,2%, turagentstvo xizmatlari uchun — 1%, maishiy texnika uchun – 2,1%gacha.

Solishtirish uchun — Yevropa mamlakatlarida ushbu ko‘rsatgichlar juda past bo‘lib, qanday mahsulot sotib olishdan qat’iy nazar 0,2 – 0,3 %ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunlariga ko‘ra savdo vakillari bir mahsulotni naqd pulga ham karta yordamida sotib olganda ham bir xil narxda sotishga majbur.

Ushbu murojaatnoma yuzasidan FAS tekshiruv o‘tkazadi. Visa va MasterCard kompaniyalari ushbu murojaat yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirishmadi.

Yangiliklar lentasi
0