Uzcard - xalqaro bank kartalarini qabul qila boshlaydi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishBank kartalari uchun to‘lov terminali
Bank kartalari uchun to‘lov terminali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlayotgan 200 mingdan ortiq Uzcard terminallari UnionPay - xalqaro bank kartalarini mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida qabul qila boshlaydi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Uzcard elektron to‘lovlar tizimi xalqaro to‘lov tizimiga aylanadi. O‘zbekiston Markaziy banki va Xitoyning UnionPay to‘lov tizimi O‘zbekistonda birinchi ko‘p valyutali to‘lov tizimini ishga

UnionPay - Xitoy to‘lov tizimi - Sputnik O‘zbekiston
UnionPay xalqaro to‘lov tizimi Uzcard tizimiga ulandi
tushiradi, deb xabar qilda bank vakili Sputnik muxbiriga. 

Yangi to‘lov tizimi, UnionPay kartochkalariga ega bo‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston hududida oddiy Uzcard terminallari orqali to‘lovlar amalga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Uzcard tizimiga ulangan terminallar soni 200,8 mingdan oshdi.

“Bugun Markaziy bank UnionPay yuilan birgalikda yirik loyihani amalga oshirmoqda. UnionPay kartalari Osiyo hududida Visa yoki MasterCarddan ko‘ra ko‘proq uchraydi. Biz ushbu to‘lov kartalari O‘zbekistonga kelib bu yerda to‘la qonli to‘lov vositasiga aylanishini istaymiz. Misol uchun, ko‘p valyutali to‘lov tizimi chet el fuqarosiga O‘zbekistonda mahsulot sotib olish imkonini beradi. Sotib olish vaqti uning hisobida bo‘lgan chet el valyutasi avtomatik ravishda so‘mga aylanadi”, — dedi mutaxassis.

Ushbu qadam, shubhasiz, O‘zbekiston iqtisodining hudud va jahon iqtisodi integratsiyasi tomon, ya’ni iqtisodiy rivojlanishning keyingi bosqichi tomon qo‘yilgan olg‘a qadamdir.

Yangiliklar lentasi
0