TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti yaqinda imzolagan qarorida, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati subyektlariga jiddiy imtiyozlar berishni ham ko‘zda tutilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Paxta, aralash va ipak gazlamalar, tikuvchilik, trikotaj va teri mahsulotlari hamda bosh kiyimlar, paypoqlar, to‘qimachilik galanteriyasi va furniturasi ishlab chiqarayotgan korxonalar 2020-yilning 1-yanvariga qadar daromad solig‘i, mol-mulq solig‘i, kichik korxonalar va mikrofirmalar yagona solig‘i, Respublika Yo‘l fondi to‘lovlaridan ozod qilingan.
Bundan tashqari ushbu korxonalar olib kelinayotgan asbob-uskunalar, ehtiyot
Ushbu imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun korxona yillik ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning kamida 60% yuqorida ko‘rsatilgan yengil sanoat mahsulotlaridan iobrat bo‘lishi kerak.
Yuqorida aytib o‘tilgan yengil sanoat korxonalarining eksport potensialini oshirishga qaratilgan yana bir muhim omillardan biri, bu — 2017-yilning 1-yanvaridan kiritilayotgan eksport faoliyatidan olingan valyuta daromadini davlatgan sotish majburiyatining bekor qilinishidir.