Kamilov afg‘on delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi

© Mid UzbekistanaAfg‘oniston delegatsiyasi vakillari
Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rasmiy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tarkibida Afg‘oniston prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humayun Qayumi va Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokirdan Korgar bo‘lgan afg‘on delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda avval bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi va boshqa ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Afganskiy malchik gulyayet po Mazari-Sharif - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston bilan savdo-sotiq hajmi 429 mln $ga yetdi

Afg‘oniston rahbarining vakillari ikki mamlakat iqtisodiyotining yetakchi sektorlari rahbarlari ishtirok etgan va Toshkent shahrida o‘z ishini nihoyasiga yetkazgan savdo, transport va energetika bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisi yakunlari bo‘yicha taassurotlarini so‘zlab berdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur tadbir qo‘shma faoliyatning, jumladan, savdo, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi va o‘zaro manfaatli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishga imkon berdi.

Muloqot davomida 2017-yilda bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Muzokaralarda Afg‘oniston elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0