"Lokomotiv" safida ivuarlik legionerlar ko‘rikdan o‘tmoqda

Obuna bo‘lish
"Lokomotiv" 21-dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig‘inini boshladi

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Toshkentning “Lokomotiv” futbol jamoasi tarkibida ikki nafar kot d’ivuarlik legionerlar ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

"Lokomotiv" 21-dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig‘inini boshladi. Ayni paytda "temiryo‘lchilar" mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.

Lokomotiv jamoasini taqdirlash marosimi - Sputnik O‘zbekiston
"Lokomotiv" a’zolariga medallar va mashina kalitlari topshirildi

Yig‘inda ko‘rikda bo‘lib turgan kot d’ivuarlik legionerlar – 23 yoshli markaziy himoyachi Muhammad Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnoxere Krizolar ham ishtirok etishmoqda. Bugungi mashg‘ulotda ikkala futbolchi ham qatnashdi. Ertaga jamoa murabbiylar shtabi bu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, ular jamoaning navbatdagi yig‘inlariga ham taklif etiladi.

Qayd etish joizki, Muhammad Kone ilgari Gretsiya, Moldova, Kipr chempionatlarida o‘ynashga ulgurgan. Gnoxere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan.

Yangiliklar lentasi
0