O‘zbekistonda biznes ijtimoiy xizmatlarga jalb etiladi

© Sputnik / Ilya PitalevPortfelli kishi
Portfelli kishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun yuridik va xususiy shaxslarni, jumladan xususiy kompaniyalarni ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga jalb etadi hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yagona tizimini yaratadi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy matbuotga tayanib.

Qonun mazkur faoliyat turiga tadbirkorlik subyektlarini jalb etishni ko‘zda tutadi. Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6-oktabrda qabul qilinib, 12-oktabrda Senat tomonidan ma’qullangan edi, u 27 dekabrdan kuchga kirdi.

Qo‘qonlik otaxonlar - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarni ijtimoiy xizmatlarga jalb qilish haqida qonun qabul qilindi

Shu kunga qadar O‘zbekiston qonunchiligida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yagona meyoriy-huquqiy hujjat orqali tartibga solinmagandi.

Qonunda ijtimoiy xizmatlarning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari, ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat organlarining vakolatlari hamda ijtimoiy xizmat iste’molchilarining huquq va majburiyatlari, xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari belgilab berilgan.

Parlament matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, yangi qonun yuridik va xususiy shaxslarni, jumladan xususiy kompaniyalarni ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga jalb etadi hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yagona tizimini yaratadi.

Qonunga muvofiq, yolg‘iz va bir o‘zi istiqomat qilib, birovning yordamiga muhtoj bo‘lgan qariyalar; I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar; ishga layoqati bo‘lmagan yoki layoqati cheklangan fuqarolar; ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklari bo‘lgan shaxslar; yetim bolalar va ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0