O‘zbekistonda avtomobil olib qochganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobil o‘g‘risi
Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat kodeksiga avtomobil olib qochganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi tuzatishlar kiritildi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekistonda bugundan boshlab transport vositalarini olib qochganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jinoyat kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy matbuotga asoslanib.

Tuzatishlar qonun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi. Ilgariroq tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan tasdiqlangan edi.

Jinoyat kodeksining yangilangan 267-moddasiga ko‘ra, transport vositasini o‘g‘irlagan shaxs 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin (ilgari 3-yildan 5-yilgacha edi).

Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘g‘irlangan avtomobilni masofadan to‘xtatish mumkin bo‘ladi

Bir guruh shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirgan holda transport vositasini o‘g‘irlaganlik uchun 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi (ilgari besh yildan o‘n yilgacha).

Transport vositasini bir guruh shaxslar tomonidan bosqinchilik yo‘li bilan egallab olish 15-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etishga asos bo‘ladi.

Respublika Bosh prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi uch yilda O‘zbekistonda transport vositasini olib qochish holatlari 65%ga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0