O‘zbekistonda o‘g‘irlangan avtomobilni masofadan to‘xtatish mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobil o‘g‘risi
Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil davomida birlashma mutaxassislari 12 avtomobilda o‘g‘irlikka qarshi qurilmani sinab ko‘rishdi va u sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Kelasi yildan boshlab o‘zbek militsiyasi avtotransport vositalariga mashina o‘g‘irlashga qarshi elektron masofadan boshqarish tizimini o‘rnatadi, deb xabar berdi IIV huzuridagi "Qo‘riqlash" birlashmasidagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

2016 yil davomida birlashma mutaxassislari 12 avtomobilda o‘g‘irlikka qarshi qurilmani sinab ko‘rishdi va u sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

"Tizimning ishlashi quyidagicha. Mijoz so‘roviga asosan avtomobilga qurilma o‘rnatiladi. Avtomobil olib qochilganida uning egasi bu haqda bizga xabar beradi. Mutaxassislarimiz kompyuter dasturi yordamida transport vositasining qayerda ekanligini aniqlashadi. Shundan so‘ng mashina egasining talabi bilan mashina masofadan turib harakatdan to‘xtatiladi, mashina o‘g‘risi esa qo‘lga olinadi. Tizim hattoki mashinani kim boshqarayotganini ko‘rish imkonini ham beradi", — dedi suhbatdosh.

Deu Neksiya - Sputnik O‘zbekiston
“Neksiya” o‘g‘risi Angrenda qo‘lga olindi

Manbaning aytishicha, xususiy sektorda mazkur xizmat 2017-yildan boshlab yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. IIV huzuridagi "Qo‘riqlash" birlashmasi 1700 komplektdan ortiq qurilma sotib olgan. Hozirda mazkur xizmatni ko‘rsatish bo‘yicha tariflar ishlab chiqilmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, xizmat haqi unchalik qimmat bo‘lmaydi.

"Biz narxni oyiga 20-25 ming so‘m atrofida belgilashni rejalashtirmoqdamiz. Signalizatsiya o‘rnatish bilan solishtirganda, bu unchalik qimmat emas", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0