O‘zbekistonliklarni Rossiyaga qullikka jo‘natgan odamfurush qamaldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSudlanuvchi
Sudlanuvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ularga Rossiyada yaxshi ish va katta oylik va’da qilishgan. Biroq Rossiya hududiga kelishlari bilan ularning hujjatlarini olib qo‘yishgan va qulga aylantirib, maoshsiz ishlashga majbur qilishgan

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari fuqarolarni Rossiyaga aldov yo‘li bilan jo‘natuvchi shaxs faoliyatiga chek qo‘ydilar, deb xabar berdi kuch tizimidagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Mazkur jinoiy harakat Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani Qozoq qishlog‘ida yashovchi Nasim Nordobov tomonidan o‘ylab topilgan va amalga oshirilgan.

"Nordobov aldov yo‘li bilan Qashqadaryodagi fuqarolarga Rossiyadan yaxshi ish va katta maosh va’da qilib ularni bu davlatga ishlashga jo‘natgan. Rossiya hududiga kelishlari bilan ularning hujjatlarini olib qo‘yishgan va qulga aylantirib, maoshsiz ishlashga majbur qilishgan. Nordobov Rossiyaga jo‘natilgan har bir odam uchun mukofot sifatida pul olgan", — dedi MXX vakili.

Ayol - Sputnik O‘zbekiston
Qizlarni Rossiyaga "jinsiy qullik"ka jo‘natmoqchi bo‘lganlar jazolandi

Nordobovning Rossiyadagi sherigi Moskvada ro‘yxatga olingan "Afgan" firmasi egasi, Navro‘z ismli Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan. O‘zbekistonliklarni mehnat qilishga majburlash bilan aynan u shug‘ullangan.

So‘nggi vaqt davomida Nordobov qashqadaryolik to‘rt kishi — Rasul Norbadalov, Rauf Norbadalov, Siroj Norbadalov va O‘lmas Boyqobilovni Rossiyaga jo‘natgan. Tergov-surishtiruv tadbirlaridan so‘ng N.Nordobovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudi hukmiga ko‘ra, Nasim Nordobov to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0