Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

© IA "Jaxon"Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Tu-154 samolyotining Qora dengiz ustida halokatga uchrashi munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qora dengiz ustida yuz bergan fojia munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston prezidenti aviahalokatda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligini izhor etdi.

"Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni og‘ir qayg‘u bilan qabul qildim. Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman", — deyiladi O‘zbekiston rahbarining murojaatida.

Samolet Tu-154M, avariyno sevshiy v Komi, otremontirovan v Samare - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MVning Tu-154 samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

O‘zbekiston xalqi ham rossiyaliklarga o‘z qayg‘usini bildirmoqda. Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar keltirishmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z hamdardliklarini izhor etishmoqda.

Aviahalokat 25-dekabr kuni ertalab Adler aeroportidan bir necha kilometr narida yuz berdi. Rossiya mudofaa vazirligining samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa keyin radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Bortida 92 kishi bo‘lgan samolyot qoldiqlari keyinroq sohildan bir yarim kilometr naridan topildi.

Fojia joyida qutqaruvchi va tergovchilar ish olib borishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0