Sochidan Suriyaga uchib chiqqan samolyot yo‘qolib qoldi

© Sputnik / Dmitriy Petrochenko / Mediabankka o‘tishSamolet TU-154 M
Samolet TU-154 M - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra u tog‘li hududda qulab tushgan.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Sochidan osmonga ko‘tirilgan Tu-154 samolyoti bir necha daqiqa o‘tib, radarlardan yo‘qolib qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Havo kemasi osmonga ko‘tarilganidan 20 daqiqa o‘tib, radarlardan yo‘qolib qoldi. U 05:20da uchib chiqdi, 05:40da esa — aloqaga chiqmay qo‘ydi", — dedi voqea xaqida xabar bergan favqulodda yordam xizmati vakili.

Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti Moskva viloyatidagi Chkalovskiy aeroportidan uchib chiqqan. Sochiga esa yonilg‘i quyish uchun to‘xtagan. Manbaa aytishiga qaraganda, u Krasnodar viloyatidagi tog‘li hududlarda qulab tushgan bo‘lish ehtimoli juda katta.

Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan ushbu samolyoti Suriyaning Latakiya viloyatiga ketayotgan bo‘lgan. Samolyotda 83 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zolari bo‘lishgan. Rosaviatsiya xabariga ko‘ra, yo‘qolib qolgan samolyot fuqaro aviatsiyasiga tegishli emas.

10:33 Yo‘qolib qolgan samolyotda Aleksandrov nomli ansambl artistlari hamda Rossiyaning ORT va "Zvezda" telekanallarining 9 nafar jurnalistlari bo‘lishgan. Ular Suriyaning Xmeymim aerodromiga Rossiya harbiylarini Yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun ketayotgan bo‘lishgan.

10:38 Yo‘qolgan samolyot tog‘li hududlarda MI-8 vertoloti va Qora dengizda esa — sakkizta kema yordamida qidirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0