TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan, Tu-154 samolyoti fojeasi O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida bir zumda kunning eng qizg‘in mavzusiga aylanib ketdi, deb xabar qiladi Sputnik muxbiri.
Minglab O‘zbekistonliklar qurbonlar yaqinlariga o‘z hamdardligi bildirdi. Ushbu mudhish fojea, sobiq Ittifoq aholisi, chegaralar paydo bo‘lishiga qaramasdan, yagona madaniy va ijtimoiy muhitda yashayotganini yana bir bor namoyish qildi.
"Qurbon bo‘lganlarning yaqin qarindoshlariga hamdardlik bildiramiz. Ular doim yodimizda bo‘lishadi, joylari Jannatdan bo‘lsin!!! Bu og‘ir yo‘qotish, biz sizlar bilan birga qayg‘urmoqdamiz — Rossiya xalqi!!!", — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
"O‘tgan yil davomida qancha-qancha qaytarilmas yo‘qotishlar bo‘ldi… maymun (yili) o‘z ishini qilib ketdi", — deb yozadi yana bir foydalanuvchi.
"Qurbonlar yaqinlariga va butun Rossiya xalqiga hamdardlik bildiraman. Bardam bo‘ling biz siz bilan", deb yozadi yana bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.
Doktor Lizaning qurbon bo‘lishi ham ko‘pchillik uchn og‘ir bo‘ldi.
"Doktor Liza…. qayg‘udamiz…. Buyuk inson edi…. Rossiyaning Ona Terezasi", — deb yozadi yana bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.