Tu-154 samolyotida kimlar bo‘lganligi aniqlandi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishTu-154 samolyoti fojeasi
Tu-154 samolyoti fojeasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun tongda halokatga uchragan Tu-154 bortida 92 yo‘lovchi bo‘lganligi va ular orasida artistlar, taniqli shifokor va uch to‘lekanal jurnalistlari bo‘lgani aniqlandi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyotda 84 yo‘lovchi va 8  ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Ushbu samolyot ichida artistlar va jurnalistlar Rossiya harbiylarini Yangi yil bilan tabriklash maqsadida "Xmeymim" aviabazasiga yo‘l olishgan bo‘lgan. Yo‘lovchilarning aksariyati Aleksandrov nomli ashula va raqs harbiy ansambli artistlari bo‘lgan.

© Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRossiya bosh harbiy dirijeri Valeriy Xalilov va Qurolli kuchlar orkestri
Glavniy voyenniy dirijer VS RF, muzikalniy rukovoditel festivalya Valeriy Xalilov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bosh harbiy dirijeri Valeriy Xalilov va Qurolli kuchlar orkestri

Ulardan tashqari samolyotda, mashhur ko‘ngilli vrachi Yelizaveta Glinka ham bo‘lgani aniqlandi. "Spravedlivaya pomosh" fondining xodimi aholi orasida ko‘proq "Doktor Liza" nomi bilan tanish bo‘lgan. Bu safa Doktor Liza Suriyaning Latakiya viloyatidagi bolalarga dori vositalari olib borayotgan bo‘lgan.

Shuningdek samolyotda "Birinchi kanal" jurnalistlari, muxbir Dmitriy Runkov, operator Vadim Denisov va ovoz operatori Aleksandr Soydovlar bo‘lishgan.

NTV telekanalidan muxbir — Mixail Lujneskiy, operator Oleg Pestov va ovoz operatori Yevgeniy Tolstovlar bo‘lishgan

"Zvezda" telekanalidan ha uch kishi, muxbir Pavel Obuxov, operator Aleksandr Suranov va operator yordamchisi Valeriy Rjevskiylar bo‘lishgan.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishTu-154 halokatida qurbon bo‘lgan jurnalistlar
Sveti v pamat o pogibshix v krushenii samoleta Tu-154 Minoboroni RF - Sputnik O‘zbekiston
Tu-154 halokatida qurbon bo‘lgan jurnalistlar

Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 havo layneri bugun ertalab soat 05:20da Sochi aeroportida uchib chiqqan edi. parvozdan 20 minut o‘tib havo kemasi radarlardan yo‘qolib qoldi. Bir necha soat o‘tib layner qoldiqlari Qora Dengizning Sochi qirg‘og‘idan 1,5 km uzoqlikda, 50-70 metr chuqurlikda topildi.

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishmashhur ko‘ngilli vrach Yelizaveta Glinka - "Doktor Liza"
Glava fonda Spravedlivaya pomosh Yelizaveta Glinka  - Sputnik O‘zbekiston
mashhur ko‘ngilli vrach Yelizaveta Glinka - "Doktor Liza"
Yangiliklar lentasi
0