TOShKENT, 24 dek — Sputnik. 2016 yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi, deb xabar qilmoqda MSK matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 16-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati A.G‘ofurovning deputatlik vakolati bergan arizasiga binoan muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi", deyilgan xabar matnida.