TOShKENT, 13 dek — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasideputat va ikki senat a’zolarining vakolatini muddatdan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston MSK matbuot-xizmati.
MSK N.Kaimovning xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi hamda A.Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qildi.
Shuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati M.Ubaydullayev Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.