Atambayev bugun O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev bilan uchrashadi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi va O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev shanba kuni O‘zbekistonga uyushtiradigan ishchi tashrifi davomida Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib, mamlakatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi.

"Almazbek Atambayev 24-dekabr kuni O‘zbekistonga uyushtiradigan ishchi tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama masalalarni muhokama etishni rejalashtirishgan", — deya ta’kidlagan RIA Novostiga Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatidagi manba.

Qirg‘iziston rahbari devonining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Sapar Isoqovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Atambayev Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sifatida qabul qilinadigan birinchi xorij davlat yetakchisi bo‘ladi.

Yuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistonni GES qurishga chaqirdi
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganidan so‘ng, rasmiy Toshkent va Bishkek munosabatlarida iliqlashuv ro‘y bergan edi.

Sentabr oyi boshida O‘zbekiston tomon Qirg‘izistonning uchta yirik viloyatidan delegatsiya a’zolarini Andijonga taklif qildi, natijada, 1-oktabr kuni Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Muxammetkalim Abulgaziyev boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyatiga do‘stona tashrif uyushtirdi. Bu aksariyat odamlar tomonidan tarixiy voqea sifatida qabul qilindi.

"Keyingi 11-yilda birinchi marta Qirg‘iziston rahbarlari, madaniyat, san’at va sport arboblaridan iborat 130 kishilik delegatsiya O‘zbekistonga safar qildi. Toshkent tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirga O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Adham Ikromov mezbonlik qildi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat munosabatlarini yaxshilash to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi", — deb fikr bildirgan edi Sputnik Qirg‘iziston mualliflaridan biri — Esen Shishkarayev.

Sal vaqt o‘tib, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Qirg‘izistonning janubiy poytaxtiga javob tashrifini uyushtirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0