TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Putinga berilgan navbatdagi savol korrupsiyaga qarshi kurash borasida bo‘ldi.
"Exo Moskvi" radiosi jurnalisti Rossiya prezidentiga Ulyukayevning ishdan chetlatilishi hamda Boris Nemsov o‘ldirilishi yuzasidan borayotgan tergov ishlarini kuzatasizmi, deya savol berdi.
Putin jurnalistga barcha shov-shuvli ishlarni diqqat bilan kuzatishini aytdi.
Shuningdek, Ulyukayev "ishonchni yo‘qotgani uchun va uning ayblarini isbotlash uchun dalillar yetarli ekanligini" qo‘shimcha qildi.
"Sudga qadar oldindan xulosa qilish maqsadga muvofiq emas, buning ustiga zararli", — deb ta’kidladi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Putinning bu yilgi katta matbuot-anjumaniga 1437 nafar jurnalist akkreditatsiya qilingan.