Putin FXX, IIV va Mudofaa vazirligidan bir necha rahbarni ishdan haydadi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, ma’muriy boshqaruv faoliyatini ilmiy ish bilan bir vaqtda amalga oshirishning iloji yo‘q.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Bugun dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX, IIV, Prezident ishlari boshqarmasi va Mudofaa vazirligidan bir necha  yuqori lavozimda ishlaydigan mansabdor shaxsni vazifasidan ozod qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 2015-yil oxirida yuqori lavozim egallagan amaldorlarga Rossiya Fanlar akademiyasiga a’zo bo‘lmaslikni maslahat bergan edi. Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, ma’muriy boshqaruv faoliyatini ilmiy ish bilan bir vaqtda amalga oshirishning iloji yo‘q. Amaldor shaxslar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishni ixtiyor qilsalar, Putin ularni o‘z lavozimlaridan bo‘shatib, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun to‘liq sharoit yaratib berishni va’da bergan edi.  

Oradan bir yil o‘tib, yana ushbu masala ko‘tarilganda, bir necha amaldor shaxslar ikki sohada faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘lgan.

Bugun, dushanba kuni Vladimir Putin  o‘z bo‘yrug‘i bilan Prezidenti ishlari boshqarmasi raisi Kotenko Konstantin Valentinovichni, o‘z xohishi bo‘yicha, Rossiya FXX arxiv fondlari boshlig‘i general-leytenant Vasiliy Xristoforovni, harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetishi munosabati bilan, Mudofaa vazirligi tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Fisunni va IIV Tergov departamenti boshliq o‘rinbosari Aleksandr Savenkovlarni o‘z vazifalaridan ozod qildi.   

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu mansabdor shaxslarni lavozimidan bo‘shatish ularning Rossiya Fanlar akademiyasiga a’zoligi bilan bog‘liqmi?, — deb so‘raganda, — Ha, deb javob berdi.

Yangiliklar lentasi
0