Dunyoda

AQShdan Putinga javob: Amerika armiyasi "insoniyat tarixidagi eng yaxshi armiya"

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH Davlat Departamenti Rossiya prezidentining "Rossiya bugungi kunda har qanday tajovuzkordan kuchliroq" degan bayonotiga qoʻshilmadi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya harbiy kuchlari haqida gapirar ekan, "Rossiya bugun har qanday dushmandan kuchliroq" deya bayonot qilgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya bugun har qanday dushmandan kuchliroq, deb bayonot qildi Putin
Ammo Qoʻshma Shtatlar Davlat Departamenti Rossiya yetakchisining ushbu taʼkidiga qoʻshilmadi.

AQSH Davlat departamenti vakili Jon Kirbi jurnalistlar tomonidan berilgan "Putinning bayonotiga qanday izoh berasiz?", degan savolga javob berar ekan: "Insoniyat tarixida hozirgi AQSH Qurolli kuchlari singari mudofaaga qodir, aqlli va kuchli armiya boʻlgan, deb oʻylamayman", — deb taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, 22 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Rossiya Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yigʻilishida Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligi qoʻshinlarning har qanday turini teppa-teng rivojlantirishi hamda aniq nishonga oladigan qurollar, zamonaviy aloqa vositalari, razvedka boshqaruvi va radioelektron kurash boʻyicha oʻzlashtirish ishlari davom etishini taʼminlashi darkorligi, bundan tashqari, strategik yadroviy kuchlarning jangovor potentsialini kuchaytirish kerakligi haqida gapirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0