O‘zbekiston TIV hududlarda konsullik bo‘limlarini ochadi

© FacebookO‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusda konsullik bo‘limlarini ochadi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Xorijga chiquvchi O‘zbekiston fuqarolari hamda mamlakatga keluvchi chet elliklarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsion va sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni "Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik bo‘limlarini ochish va Termiz shahridagi konsullik bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati xabar qilgan.

O‘zbekiston qator davlatlar sayyohlari uchun viza tartibini bekor qildi
Mazkur qaror respublika hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy, investitsion va gumanitar ustuvor loyihalarni amalga oshirishga ham xizmat qilishi lozim.

Qarorda konsullik bo‘limlarining asosiy vazifalari cifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: konsullik-huquqiy yordam masalasi bo‘yicha ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar turlarini kengaytirish, joylarda chet el fuqarolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirishda, jumladan, O‘zbekiston hududlariga ish va sayyohlik maqsadlarida tashrif buyuruvchi xorijiy davlatlar fuqarolariga vizalar berishda tezkorlikni oshirish;

manfaatdor vazirlik va mahkamalar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarga chiquvchi O‘zbekiston fuqarolarini odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks choralar doirasida tushuntirish ishlarini olib borish;

xorijiy mamlakatlarda pasportini yo‘qotgan mamlakat fuqarolarining O‘zbekistonga tezkor qaytishi masalasini hal etishda hisoblarni yuritish va ko‘maklashish;

Qirg‘izistonliklar - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston ham O‘zbekistondan ortda qolishni xohlamadi
O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha chet ellik sayyohlarni mamlakat hududlariga jalb qilish uchun yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirishda sayyohlik kompaniyalariga ko‘maklashish.

Xorijiy davlatlar fuqarolariga tezkor konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatish maqsadida konsullik bo‘limlari Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Termiz xalqaro aeroportlari binosiga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning dekabr oyi boshida O‘zbekiston Respublikasining yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi tugatilib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0