Rossiya bugun har qanday dushmandan kuchliroq, deb bayonot qildi Putin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bugun biz har qanday tajovuzkordan kuchliroqmiz, ammo bo‘shashmasligimiz kerak, aks holda holat yashin tezligida o‘zgarishi mumkin", - deya bayonot qildi Rossiya prezidenti

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Vladimir Putin "Rossiya hozir har qanday potensial tajovuzkordan kuchliroq", deya bayonot qilgan. RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya rahbari, shuningdek, harbiylarga bo‘shashish kerak emasligini alohida uqdirgan.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin murojaatnomasidan asosiy fikrlar
"Sizlarning e’tiborlaringizni shu narsaga qaratmoqchiman, agar biz bir daqiqaga bo‘shashadigan bo‘lsak, armiya va flot modernizatsiyasida bittagina bo‘lsa ham yaqqol to‘xtash ro‘y berishiga yo‘l qo‘ysak, holat yashin tezligida o‘zgarishi mumkin", — deb aytgan Putin. "Rossiya buni anglashga ham ulgurmay qoladi", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Rossiya prezidenti, shuningdek, Rossiya harbiylari oldida 2017-yilda turgan ustuvor masalalarni belgilab bergan.

"Armiya va flotni qayta qurollantirishda erishilgan jadallik sur’atlarini saqlab qolishimiz darkor, shuningdek, mudofaa ta’minoti hamda qayta qurollantirish bo‘yicha davlat dasturi doirasida berilgan topshiriqlarni samarali nazorat qilish muhim ahamiyatga ega", — deya ta’kidlagan Putin.

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shinlarning har qanday turini teppa-teng rivojlantirishi hamda aniq nishonga oladigan qurollar, zamonaviy aloqa vositalari, razvedka boshqaruvi va radioelektron kurash bo‘yicha o‘zlashtirish ishlari davom etishini ta’minlashi darkor.

Bundan tashqari, Putin strategik yadroviy kuchlarning jangovor potensialini kuchaytirish kerakligini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0