TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Bir yarim mingdan ziyod O‘zbekistonlik talabalar Rossiya OTMlariga o‘qishga kirdi, dedi Vladimir Turdenev, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi
“2015 yilda 1500 dan ziyod O‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiyaning turli OTMlariga o‘qishga kirdi. Ulardan 180 talaba Rossiya davlati kvotasi bo‘yicha”, — dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘zining 4-noyabr Xalq birligi kuni bayrami munosobati bilan e’lon qilingan nutqida.
Diplomatning so‘zlariga qaraganda “Rossiyada oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydigan chet ellik talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinda”. Elchining so‘zlariga qaraganda, bunga sabab Rossiya OTMlarining O‘zbekistondagi “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishi va mamlakatlar orasida gumanitar hamkorlikning rivojlanishidir.