Vladimir Putin murojaatnomasidan asosiy fikrlar

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishYejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu
Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining yillik an’anaviy murojaatnomasi o‘z ichiga Rossiyaning ichki va tashqi siyosatida yaqin kelajakdagi strategik muhim rivojlanishi yo‘nalishlarini qamrab olgan.

TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Katta Kreml saroyida Federatsiya Kengashi vakillariga murojaat qildi. Prezident murojaatida iqtisod, ijtimoiy muammolar ichki siyosatga ko‘proq e’tibor berildi. Quyida Vladimir Putinning nutqidan muhim iqtiboslar keltiramiz.

Fuqarolar birlashdi

Men buni ko‘p marta aytganman, yana bir marta takrorlayman, fuqarolarimiz vatanparvarlik qadriyatlari atrofida birlashdi. Bugun biz buni ko‘rib turibmiz. Muammolar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ularni birgalikda yechish mumkinligiga ishonch paydo bo‘ldi. Ushbu birlashish xalqning Rossiya kelajagi uchun qayg‘urishi va birgalishib harakat qilshga tayyor ekanligidan dalolat beradi.

O‘zaro hurmat va adolat

O‘zaro hurmat va adola prinsiplari barcha uchun barorbar qimmatga egadir. Biz ularga erishish uchun bel bog‘lab ish boshladik va xalqaro maydonda Rossiya o‘z ovoziga ega bo‘ldi.

Endi mamlakat ichida ham shunday tenglikka erishish kerak. Bizda har qanday nohaqlik juda keskin qabul qilinadi. Bizning madaniyatimiz shunaqa. Fuqarolar o‘zining ijodiy, tadbirkorlik va boshqa qobilyatlarini amalga oshirish uchun barchaga teng imkoniyatlar yaratilishini istaydi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Duma saylovlari jamiyatda davlat qonunchilik organlariga bo‘lgan hurmatni oshganini ko‘rsatdi.

Bugun birlashgan jamiyat haqida so‘z borarkan, men ataylab yoki xo‘jakursin uchun to‘plangan odamlarni nazarda tutganim yo‘q. Bugun biz xalqning o‘zi tushunib yetgan birligining guvohimiz.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tarqoq jamiyatda biror yirik maqsadga erishib bo‘ladimi?  - Yo‘q albatta. Bunday jamiyatda turli avanturachi, separatist va chet mamlakatlar yo‘lida ishlaydiganlar davlat boshiga kelishi mumkin. Oxir oqibat natija hamma joyda bir xil – minglab qurbonlar, iqtisodiy tushkunlik va qashshoqlik. Undan tashqari ushbu voqealar boshqa mamlakatlarda ham o‘ta keskin migratsiya muammolari keltirib chiqarishi mumkin. Afsuski bu yil dunyoda bunga misollar ko‘p bo‘ldi. 

Tarix saboqlari

Kelayotgan 2017-yil Oktabr revolyutsiyasining 100-yiligi. Ushbu munosabat bilan biz yana bir bor tarixga sinchikov nazar tashlashimiz kerak. Qanday bo‘lsada, bu bizning tarix. Uni diqqat bilan o‘rganib, hurmatli munosabatda bo‘lishimiz kerak.  

O‘tmishdagi ishlardan qolgan xafachilik, qahr va g‘azabni, u yoki bu siyosiy maqsadlar yo‘lida, bugungi kunda qaytadan ko‘tarib chiqmaslik kerak. O‘tmishda barcha xalqlar uchun turli fojealar ko‘p bo‘lgan. Keling shuni esdan chiqarmaylik – biz yagona xalq, va bizda faqat bitta Rossiya bor.

Ijtimoiy soha va demografiya

Siyosatimizning asosiy maqsadi odamlarimizni saqlab qolish va ko‘paytirish. Rossiya xalqi – bu uning asosiy boyligidir. Shuning uchun biz oila qadriyatlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib  qilmoqdamiz. Bugungi kunda bizda tug‘ilish koefitsenti oshmoqda. 2013-yildan buyon 1,7 % bo‘lgan bo‘lsa 2016-yilda 1,78%ni tashkil qildi. Bu aksariyat Yevropa mamlakatlaridan ko‘p.

Biz ijtimoiy sohada turli o‘zgarishlar kiritib uni odamlarga yanada yaqin qilmoqdamiz. OTMlarda pedagogik va meditsina mutaxsisliklariga bo‘lgan talabning oshishi faoliyatimiz muvaffaqiyatidan dalolat.

Shuningdek, Bizda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasi keskin oshib bormoqda. Oxirgi o‘n yil davomida yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi 15 baravar oshdi. Shuningdek chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichi bo‘yicha ham bizdagi sharoit Yevropa mamalkatlarining ko‘pidan  yaxshiroq.

 Shuni aytmoqchimanki yaqin orada, Rossiyaning barcha kasalxonalari yuqori tezlikda ishlaydigan internet aloqasiga ulanadi. Bundan maqsad eng chet qishloqlarda joylashgan kasalxona vrachlari ham, kerak bo‘lganda, o‘z hamkasabalaridan maslahat olish imkoniga ega bo‘lishi.

Rossiya hududi kengligini hisobga olib, bizga rivojlangan sanitariya aviatsiyasi kerak. Asosan Sibir va Uzoq Sharq hududlariga. Kelasi yildan boshlab mamlakatning 34 hududida sanitariya aviatsiya xizmatlari rivojlantiriladi.

Rossiyada birorta ham eski maktab qolmasligi kerak, shuningdek pedagoglar ham doimiy ravishda malaka oshirib borishi kerak. Undan tashqari oila ichida ham bola tarbiyasiga e’tiborni oshirish kerak.

Shuningdek, men ijtimoiy sohaga Nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb qilish tarafdoriman. Bu borada mahalliy boshqaruv organlaridan ularni yollashda tortilmaslikni so‘rayman. Chunki bu sohada yordam berish uning ishi bo‘lgan odamdan ko‘ra o‘z ixtiyori bilan yordam qo‘lini chuzgan odamdan foyda  ko‘proq bo‘ladi. Bizning jamiyatda ko‘ngilchan va yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor odamlar juda ko‘p.

2017 yil ekologiya yili

BMT 2017-yilni ekologiya yili deb e’lon qildi. Ushbu mnosabat bilan Hukumatga tabiat boyligining o‘ziga xos yagona  namunasi bo‘lgan Volga darosi va Baykal ko‘lini asrash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishni topshiraman.

Butun mamlakat bo‘ylab ifloslangan hududlar va noqonuniy chiqindixonalarni yo‘q qilshga da’vat etaman.

Moskva  va Sankt-Peterburgda keng ko‘lamli yo‘l harakatini modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Kelasi yildan boshqa katta shaharlarda ham shunday ishlarni olib boriladi. Federal trassalar va Qrim ko‘prigi qurilishiga katta e’tibor beramiz.

Sanksiyalar va iqtisod

Ikki yil oldin biz jiddiy iqtisodiy chaqiriqlarga duch keldik. Bizni begona nay ostida o‘ynatmoqchi bo‘lishdi. Bizga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashdi. Bularning natijasida iqtisod o‘sishi to‘xtadi. Ushbu sanksiyalar bizga iqtisodimizdagi kamchiliklarni yaqqol namoyish qildi. Birinchi navbatda sarmoyalar, zamonaviy texnologiyalar va malakali kadrlar yetishmasligini namoyish qildi.

Bugungi kunga kelib ushbu muammolar birin ketin hal qilinib bormoqda va bu o‘z samarasini bermoqda. O‘tgan yil iqtisod susayishi darajasi 3,7%ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil 0,3 % atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Uy-joy qurilish sohasi 2015-yilda ulkan natijalar ko‘rsatdi – mamlakat bo‘ylab 85 mln kvadrat metr turar joy qurildi. Bu mamlakat tarixida o‘ziga xos rekord bo‘ldi.

Avtomobil sanoatida, yuk mashinalari 14,7%,  yengil avtomobillar 2,9%, avtobuslar – 35% o‘sish ko‘rsatdi, lekin qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sohasi natijalari yaxshi emas.

Biz maroekonomik barqarorlikka erishdik va o‘z mablag‘larimizni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik. Oltin-valyuta zahiralarimiz bo‘lsa biroz o‘sdi ham.

O‘tgan yili inflyatsiya — 12,9% ni tashkil etgan edi. Bu yil esa inflyatsiya 6% dan kam bo‘lishini kutmoqdamiz. Bu oxirgi yillardagi eng past ko‘rsatkichlardan biri.

Sanksiyalar tufayli biz qishloq xo‘jaligini jiddiy rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish bizga qurol-yarog‘ sotishdan ko‘ra ko‘proq daromad keltirmoqda. 2015-yilda biz 14,5 mlrd $ qurol sotgan bo‘lsak 16,2 mlrd $ga qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qildik.

Nazorat organlari haqida 

Biz nazorat tekshiruv organlari faoliyatini keskin ravishda o‘zgartirmoqchimiz. Kelasi yildan boshlab ushbu sohada kim, qayerda, kimni tekshirayapti, qanday natijalarga erishildi — hamma narsa ochiq shaklda bo‘ladi.  

IT texnologiyalar

Ushbu texnologiyalarni rivojlantirish bu Rossiya milliy xavfsizligi va texnologik mustaqilligi uchun o‘ta muhimdir. Bu bizning kelajagimiz xavfsizligi garovidir. Shuning uchun ushbu sohada biz o‘z mahsulotlarimizni ishlab chiqishimiz kerak. Men raqamli (IT) iqtisodni rivojlantirishni taklif qilaman. Ushbu sohani rivojlantirish uchun barcha ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash kerak. Sohaga sarmoyalar kirib kelishini ta’minlash kerak.

Tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari

Hammaga ma’lumki oxirgi vaqtlarda bizga tashqaridan turib bosim o‘tkazishga qilingan harakatlar guvohi bo‘ldik. Bizga qarshi barcha propaganda qurolari qo‘llanildi. Hatto sportchilarimiz ham bundan zarar ko‘rdi.

Biz hech kim bilan qarama-qarshi turmoqchi emasmiz. Bu bizga ham, bizning hamkorlarimizga ham, dunyo hamjamiyatiga ham kerak emas. Rossiyani dushman sifatida ko‘rishni istagan ayrim davlatlardan farqli o‘laroq, biz hech kimni o‘zimizga dushman deb hisoblamaymiz. Bizga do‘stlar kerak, lekin, biz hech kimga “o‘zimizni xafa qilgani” qo‘ymaymiz. Biz o‘z taqdirimizga o‘zimiz xo‘jayin bo‘lamiz. Kelajagimizni birovlar maslahatisiz quramiz.

Biz xavfszlik va barcha xalq va millatlar rivojlanishi uchun bir xil imkoniyat yaratish tarafdorimiz. Biz xalqaro huquq normalarini hurmat qilish  va ko‘p qirrali dunyoda yashash tarafdorimiz.

Rossiya BMT, “Yigirmalik guruhi”, OTOII (ATES) kabi tashkilotlar tarkibida o‘zining ShHT, KXShT va BRIKS tashkilotlaridagi hamkorlari bilan ijobiy kun tartibini oldinga surib boradi.

Tashqi siyosatda Yevroosiy Iqtisodiy Ittifoqi doirasida va MDH mamalkatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish Rossiya uchun ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Bugungi kunda Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodiga aylanmoqda. Bu borada bizning Xitoy bilan hamkorligimiz ham yil sayin turli yirik loyihalar bilan to‘lib bormoqda.

Tashqi siyosatimizda Hindiston bilan imtiyozli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish alohida o‘rin tutadi.  

Shuningdek biz o‘zimizning sharqiy qo‘shnimiz bo‘lgan Yaponiya bilan aloqalarni rivojlantirishni rejalashtirganmiz.

AQShning yangi ma’muriyati bilan ham teng hamkorlik munosabatlari o‘rnatishga tayyormiz.

Yangiliklar lentasi
0