Deport qilish o‘rniga - 7 ming jarima solinadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFMX hujjatlarni tekshrmoqda
FMX hujjatlarni tekshrmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat Dumasi 22-dekabr kuni migrantlarni deport qilsh o‘rniga jarima solish haqidaga qounun qabul qildi.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Bundan buyon birinchi bor migratsiya qonunlarini buzgan migrantlarga doportatsiya o‘rniga 7000 rubl jarima solinadi. Ushbu haqidagi qonunga o‘zgarishlag bugun Rossiya Davlat Dumasi tomonidan qabul qilindi.

Ushbu o‘zgarish bir necha maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilganini bilish maqsadida Sputnik muxbiri Migratsiya siyosatini o‘rganish istituti direktori Viktoriya Ledenyova bilan bog‘landi. Mutaxassis fikriga ko‘ra ushbu o‘zgarishlar bir necha sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan.

Deportatsiya qilingan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan 5,5 mingdan ziyod migrant deport qilindi

Asosiysi, Rossiyaga kirib kelayogan migratlarning ko‘pi yarim qonuniy holatda bo‘lgani. Ular qonuniy kirib keladi, lekin keyin u yoki bu sabalarga ko‘ra turar joyida ro‘yxatdan o‘tmasdan yoki patent rasmiylashtirmasdan ishlaydi. Ularni ashaddiy qonunbuzar sifatida qabul qilmaslik kerak. Yangi qonun ana shunday migrantlarga ikkinchi imkoniyat va xatosini to‘g‘rilashga vaqt beradi.

Undan keyin, Oxirgi  ikki yil ichida migrantlar soni ham biroz kamaydi. Menimcha migratsiya imkoniyatlarining ham tubi ko‘rinib qoldi desak bo‘ladi.

Yana bir sabab bu siyosiy nuqtayi nazardan bo‘lishi mumkin. Rossiyaning O‘rta Osiyoda ma’lum manfaatlari bor. Ushbu mamlakatlardan kelgan migrantlarni yoppasiga deport qilish — siyosiy munosabatlarni taranglashtirishi mumkin.

Deportatsiya qilish davlat budjetiga ancha qimmatga tushadi. Deportatsiya qilinadiganlar sonini kamaytirish davlat mablag‘larini tejash imkonini ham beradi.

Rossiya biznesi ham migrantlarni yoppasiga deportatsiya qilinishidan zarar ko‘radi albatta. Ushbu chora biroz biznes manfaati yo‘lida amalga oshirilgan desak ham bo‘ladi.

Yana bir bor aytib o‘tamiz, bundan buyon Moskva, Sankt-Peterburg, Moskva va Leningrad viloyatlari sudlari migratsiya qonunchiligini buzgan migrantlarni deportatsiya o‘rniga 7 ming rubl jarima to‘lash jazosini belgilashi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0