Sardor Milano Toshkentda yakkaxon konsert beradi

© Foto iz lichnogo arxiva pevsaSardor Milano — "Bosh sahna" televizion konkursi g‘olibi
Sardor Milano — Bosh sahna televizion konkursi g‘olibi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya 1 telekanalining “Bosh sahna” konkursi g‘olibi Sardor Milanoning birinchi yakkaxon konserti Toshkentda 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

 

TOShKENT, 19 okt —Sputnik. Rossiya 1 telekanalining “Bosh sahna” konkursi g‘olibi, o‘zbek qo‘shiqchisi Sardor Milano, o‘zining birinchi yakkaxon konserti bilan Toshkentning Istiqlol saroyi sahnasiga shu yilning 27-noyabr kuni chiqadi, ushbu haqida Sputnik muxbiriga artistning o‘zi xabar qildi.  

Konsert “Istiqlol” san’at saroyida, O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri jo‘rligida bo‘lib o‘tadi.

“Konsert dasturi xilma-xil bo‘ladi, hammani hayron qoldirmoqchiman. Albatta bu neoklassika. Men hozirgi zamon san’atkorlari orasida birinchi  bo‘lib ushbu ajib ijro uslubini o‘z vatandoshlarimiga va O‘zbekiston mehmonlariga taqdim qilishdan juda xursandman”, — dedi Sardor Milano.

— Yoshligingizda sizga katta shuhrat keltirgan “Yamayka”qo‘shig‘ini ijro etasizmi, — degan savolga, Sardor, — bo‘lishi mumkin, agar tomoshabinlar iltimos qilsa, — deb javob berdi.     

Sardor Milano (haqiqiy familiyasi Eshmuhammedov), “Sevishganlar”, “Alvido, g‘o‘r yoshligim” kabi filmlar rejissori Elor Eshmuhammedovning nabirasi. 6 yoshligidan beri musiqa bilan jiddiy shug‘ullanadi. 15 yoshida, ovozi o‘zgarganidan keyin akademik qo‘shiqchik san’ati (opera) bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. Rossiya 1 telekanalining “Bosh sahna” proyektida erishgan g‘alabasi uni keng ommaga tanitdi. Artistning orzusi Italiyaning eng mashhur “La skala” sahnasida qo‘shiq aytish.    

 

Yangiliklar lentasi
0