Jamiyat

Koreyaliklar Oʻzbekiston pochtasini zamonaviylashtiradi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Loyiha pochta xizmatlari sifatini yaxshilashni, pochta logistika tizimining samaradorligini oshirishni, axborot texnologiyalarini sohaga keng miqyosda tadbiq qilishni va yangi pochta xizmatlari yaratishni nazarda tutgan.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Koreya pochtasi "Oʻzbekiston pochtasi" AJni zamonaviylashtirish loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston pochtasi matbuot xizmati.

Moskvada Pochta Rossii boʻlimi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Migrantlar “Pochta Rossii” orqali pul oʻtkazishi mumkin

Oʻzbekiston pochtasi va Koreya pochtasi rahbariyati ilq bor 2016 yilning aprel oyida Seulda uchrashib hamkorlikning usuvor yoʻnalishlari haqida kelishib olishgan edi.

Avgust oyida koreyalik mutaxassislar Oʻzbekiston pochtasiga tashrif buyurib, ishchi oʻrinlari avtomatlashtirish darajasini oʻrganishgan va ushbu sohaning samaradorligini oshirish va sohaga axborot texnologiyalarini joriy qilish haqida soʻzlab berishgan edi.

Dekabr oyida Koreya pochtasi prezidenti Kim Ki Deok boshchiligidagi delegatsiyasi "Oʻzbekiston pochtasi" AJ rahbari Shuhrat Atamuxamedov bilan uchrashib Oʻzbekistondagi pochta boʻlimlarini zamonaviylashtirish masalasini muhokama qilishgan edi.

Muzokaralar natijasiga koʻra, tomonlar taqdim etilgan loyihani Oʻzbekiston pochtasining rivojlanish "Yoʻl xaritasi" sifatida qabul qilib uni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib olishgan edi.

Loyiha pochta operatsiyalarining sifatini sezilarli darajada oshirib, pochta logistika tizimining sifatini yaxshilashni, axborot texnologiyalarini keng koʻlamda kiritishni va yangi pochta xizmatlari tashkil qilishni koʻzda tutgan.

Yangiliklar lentasi
0