Migrantlar “Pochta Rossii” orqali pul o‘tkazishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskvada "Pochta Rossii" bo‘limi
Moskvada Pochta Rossii bo‘limi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yashayotgan O‘zbeklar bundan buyon “Pochta Rossii” orqali pul o‘tkazishi mumkin. Ushbu o‘tkazmalak kichik komissiya bilan o‘tkaziladi, undan tashqari “Pochta Rossii”ning bo‘limlari eng chekka hududlarda ham joylashgan.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. "Pochta Rossii" xalqaro pul o‘tkazmalar tizimini ishga tushirdi. Bundan buyon “Forsaj” pul o‘tkazmalar tizimi Rossiya Federatsiyasining barcha hududlarida joylashgan pochta bo‘limlari orqali O‘zbekistonga pul yuborish imkoniga ega bo‘ladi, deyilgan kompaniya saytida.

150 ming rublgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarini Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Ukraina, gruziya va O‘zbekistonga yuborish mumkin.

Pul o‘tkazmasi uchun komissiya 1,8 %ni tashkil qiladi. Eng kichik komissiya 149 rubl bo‘lishi kerak. Ushbu komissiya pul o‘tkazmalari bozorida shunday operatsiyalar uchun eng kichik komissiyalardan biridir. O‘tkazilgan pullarni bir necha minutdan keyin olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0