TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Lavhada XX asr o‘rtalarida Nukusga kelib o‘rnashgan rassom va arxeolog, muzey asoschisi Igor Saviskiy haqida hikoya qilinadi, deb xabar beradi "Jahon" AA.
Jurnalist Sheymus Kernining hikoya qilishicha, muzeyda sovetlar davrida taqiqlangan Saviskiy Nukusga olib kelishga muvaffaq bo‘lgan 300dan ortiq avangard kartinalar saqlanadi. Ular orasida o‘tgan asrda ijod qilgan rus va Markaziy osiyolik rassomlar asarlari bor.
Muzey xodimasi Miyrigul Yerekeyevaning aytishicha, Igor Saviskiy nafaqat o‘zbek va rus rassomlarining asarlarini, balki Qoraqalpog‘iston etnografik san’ati obyektlarini ham saqlab qolgan. U qoraqalpoq xalqini o‘z madaniy an’analarini saqlab qolishga chorlagan.
Igor Saviskiy nomidagi muzeyda jami 100 mingga yaqin san’at namunalari saqlanadi, deyiladi lavhada.
Muzey safar rus avangardi kolleksiyasining ahamiyati va miqdori jihatidan Sankt-Peterburgdagi Rus muzeyidan so‘ng dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.
Euronewsning "O‘zbekistondan maktublar" turkum dasturi dekabr oyi va kelasi yil boshida ham davom etadi. Igor Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi haqidagi ko‘rsatuvni esa Yevropa telekanalida 5dan 11-dekabrga qadar tomosha qilish mumkin.