Islom Karimov qo‘riqlash guruhi sobiq rahbari Davlat bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyKreslo
Kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 dekabr kuni general-mayor Toxiriy Muidjon Vaxabovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yangi rais etib tayinlandi

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 20-dekabr kuni general-mayor Toxiriy Muidjon Vaxabovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yangi rais etib tayinlandi. Toxiriy Muidjon Vaxabovichning avvalgi faoliyati va lavozimi haqida to‘liq ma’lumot berilmagan.

Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Vazir bo‘lgan hokim yoxud O‘zbekistondagi kadrlar almashuvi haqida
Ammo RIA Novosti xalqaro axborot agentligida keltirib o‘tilgan ma’lumotlarga muvofiq, Toxiriy bunga qadar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti qo‘riqlash xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

2013-yilga qadar u Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan, unga qadar esa Respublika rahbari davlat maslahatchisi, Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Dusanov Zoxid Abdukayumovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti rahbari lavozimiga o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0