TOShKENT, 20 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkelga Berlin shahrida yuz bergan terrorchilik harakati natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, davlat rahbari samimiy ta’ziya izhor etdi va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.
19 dekabr kuni Germaniya poytaxti Berlinda tashkil qilingan rojdestvo yarmarkasida odamlar ustiga jinoyatchi yuk mashinasi bilan kelib urilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi kasalxonaga yotqizildi.