Germaniyada navbatdagi hujum sodir bo‘ldi

© AFP / Tobias SCHWARZNemis politsiyachilari
Nemis politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxs Visbadenda odamlarga qarata o‘t ochishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Germaniyaning Visbaden shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti politsiyaga tayanib.

Berlinda yuk mashinasi odamlarni bosib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Berlinda yuk mashinasi yordamida terakt amalga oshirildi, 12 kishi qurbon bo‘ldi

Politsiya xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, bir ayol halok bo‘lgan. Voqea Bibrix okrugida yuz bergan. Jinoyat sababi hozircha ma’lum emas. O‘q uzgan shaxs qochib ketgan, politsiya uni qidirish uchun vertolotdan foydalanmoqda.

Kecha oqshomda noma’lum shaxs Germaniya markazidagi yarmarkada odamlar ustiga yuk mashinasi bilan bostirib borishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 50dan ortiq kishi jarohatlangandi. Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0