O‘zbekistonda 3ta quyosh elektr stansiyasi quriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishQuyosh elektr stansiyasi
Quyosh elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqanddan tashqari, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ham ana shunday stansiyalar qurish mo‘ljallanmoqda

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd kompaniyasi Samarqand viloyatida Markaziy Osiyodagi ilk fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘olibiga aylandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti "O‘zbekenergo" AJga asosan.

"Samarqand viloyatida quvvati 100 MVT bo‘lgan fotoelektr stansiyasini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish uchun bosh pudratchini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd g‘olib deb topildi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda 400 dan ortiq ko‘chma quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi

"O‘zbekenergo" 2014-yil dekabrda kristall fotoelektrik unsurlardan tashkil topgan panellar asosidagi quyosh elektr stansiyasini tayyor holda topshirish bo‘yicha tender tanlovini e’lon qilgandi. Qurilish muddati ikki yilni tashkil etishi mumkin. Germaniyaning GOPA International Energy Consultant, Suntrace GmbH va Renewables Academy AG konsorsiumi loyihani amalga oshirish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. 

Kompaniya rejasiga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi birinchi quyosh stansiyasi yiliga 200 million kVt.s  elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Umumiy qiymati 275,8 million dollar bo‘lgan loyiha Osiyo taraqqiyot banki va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi tomonidan – har biri 110 million dollardan hamda "O‘zbekenergo"ning 55,8 million dollar mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekistonda 2020-yilga qadar umumiy quvvati 300 MVt bo‘lgan uchta quyosh stansiyasi qurish rejalashtirilgan. Samarqanddan tashqari, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ham ana shunday stansiyalar qurish mo‘ljallanmoqda. Stansiyalar qurilishining umumiy qiymati 450 million dollar deb baholanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0