O‘zbekistonda 400 dan ortiq ko‘chma quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi

Obuna bo‘lish
Stansiyalar asosiy elektr ta’minotidan uzoq bo‘lgan neft va gaz korxonalariga, ta’lim va tibbiyot muassasalariga, qariyalar uyi va fermer xo‘jaliklarida o‘rnatiladi.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyoridagi “Eko-Energiya” nomli ilmiy-tatbiq markazi 2016-yilning oxiriga qadar 400dan ortiq kichik fotoelektrik stansiyalar o‘rnatishni rejalashtirgan, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.

Stansiyalarning asosiy qismi elektr uzatish tizimlaridan uzoqda joylashgan neft-gaz va kimyo  korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, qariyalar uylari hamda fermer xo‘jaliklarida o‘rnatiladi.     

“Yil boshidan buyon mamlakatda 197 ta shunday stansiyalar qurib bitkazildi. Ularning umumiy quvvati 1200 kVtni tashkil qildi. Ushbu uskunalarning har biri yil davomida 300 ming kVt/soat energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu esa 27,2 ming kubometr tabiiy gaz tejab, atrof muhitga chiqarilayotgan chiqindi gazlar hajmini 51 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi”, — deyilgan Davlat Tabiatni Muhofaza qilish qo‘mitasi xabarida.   

O‘zbekistonda quyosh kuniga o‘rtacha 10 soat davomida nur sochishini hisobga olganda, yilga umumiy hisobda o‘rtacha 4,38 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, respublikada quyosh energiyasining umumiy potensiali 51 mlrd tonna neft ekvivalentiga teng.

Bugungi kunlarda Samarqand yaqininda O‘rta Osiyoda eng yirik bo‘lgan elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda. Uning quvvati 100 MVtni tashkil qiladi.

Ushbu loyiha Osiyo Taraqqiyot bankining 110 mln $, O‘zbekiston rivojlanish va qayta qurish fondining 130 mln $, O‘zbekiston hukumatining 45 mln $ va “O‘zbekenergo” ning 26 mln $ sarmoyasi hisobiga qurilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0