Ekspert: hukumatdagi o‘zgarishlar Mirziyoyevning yangicha siyosati bilan bog‘liq

© Sputnik / Murad OrujovStanislav Pritchin
Stanislav Pritchin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri RFA Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgabo‘yi tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi Stanislav Pritchin bilan O‘zbekiston hukumatidagi o‘zgarishlar haqida suhbatlashdi

TOShKENT, 16 dek — Sputnik, Anton Kurilkin. O‘tgan hafta hukumat tarkibi kadrlar o‘zgarishiga boy bo‘ldi: O‘zbekistonda yangi bosh vazir tasdiqlandi, Senatda ikkita yangi lavozim tashkil qilindi va bir nechta yangi vazirlar tayinlandi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri RFA Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgabo‘yi tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi Stanislav Pritchin bilan O‘zbekiston hukumatidagi o‘zgarishlar haqida suhbatlashdi.

- Eng katta o‘zgarish Aripovning bosh vazirlikka tasdiqlanishi bo‘ldi. Nima uchun aynan u?

— Mirziyoyev dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri xalq bilan muloqot qilishning samarali mexanizmini yaratishdir. Bosh vazirning virtual qabulxonasi tashkil etilishi bu yo‘ldagi dastlabki sinov bo‘ldi. Bu esa o‘z samarasini berdi va aytish mumkinki, "elektron hukumat" tashkil qilishga  turtki bo‘ldi.

Bosh vazirlikka tasdiqlangan Aripov esa uzoq vaqt davomida hukumatda IT-texnologiyalar sohasida rahbarlik qilgan va axborot tizimlari bilan ishlashda katta tajribaga ega. Bundan tashqari, u hozirgi prezident bilan hukumatda birga ishlagan va sinovdan o‘tgan shaxs ekanligi yana bir muhim jihatdir.

- Ikkinchi yirik o‘zgarish — Oliy Majlis Senati tizimida. Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Qo‘mitaga Safoyev rahbar etib tayinlandi. Buning sababi nimada?

— Qo‘mita raisi uchun Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi tashkil etilishi senatning roli oshib borayotganligini ko‘rsatadi. U prezidentdan keyingi ikkinchi shaxs — Senat raisining o‘rinbosari bo‘ladi.

Bu tayinlov xorijiy investorlarni jalb etish yo‘nalishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Safoyev g‘arblik hamkorlar bilan muloqotda tajribaga ega va xorijlik investorlar bilan munosabat o‘rnatgan.

Senatda tashkil etilgan yana bir lavozimga e’tibor bering – bu Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisda doimiy asosda faoliyat ko‘rsatadigan vakili lavozimi.

Gap shundaki, hozirda mamlakatdagi islohotlar jarayonini tezlashtirish uchun ijrochi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar o‘rtasida yanada yaqin aloqa o‘rnatish uchun sharoit yaratilmoqda.

- Umuman, hukumat tarkibidagi bu o‘zgarishlar nima bilan bog‘liq?

— Hukumat tarkibini qayta shakllantirish va prezidentning g‘oya va maqsadlariga mushtarak bo‘lgan, eng asosiysi, davlat rahbarining topshiriqlarini bajara oladigan jamoa tuzish prezidentning tashabbusi.

Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Vazir bo‘lgan hokim yoxud O‘zbekistondagi kadrlar almashuvi haqida

Mirziyoyevning tashabbus va g‘oyalari O‘zbekiston uchun yangilikdir. Mamlakat uzoq vaqt proteksion siyosat yo‘lidan bordi, hozirda esa yanada shaffof va samarali tizim yaratish va xorijlik investorlarni jalb etish vazifasi turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada respublika hukumatida bir nechta kadrlar o‘zgarishlari yuz berdi. Abdulla Aripov mamlakat bosh vaziri bo‘ldi, Achilbay Ramatov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Rustam Azimov, Zoyir Mirzayev, G‘ulomjon Ibragimov, Ulug‘bek Rozuqulov, Adham Ikramov va Tanzila Norboyeva bosh vazirning o‘rinbosarlari etib tayinlanishdi.

Botir Xodjayev moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Sodiq Safoyev Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0