Putin Obama so‘zlari borasida: boshqa davlatlar haqida kamsitib gapirish – xato

Obuna bo‘lish
Amerika prezidentining “Rossiya - regional davlat” degan iborasi zamirida “Amerika yagona! Bunday davlat boshqa hech qayerda yo‘q”degan maqtanchoqlik yotibdi, deb ta’kidladi Vladimir Putin, Germaniyaning “Bild” nashriga bergan intervyusi chog‘ida.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obamaning Rossiya haqida regional davlat, deb gapirishi va umuman, boshqa mamlakatlar haqida gapirganda mensimay, kamsitib fikr bildirishi xato pozitsiya bo‘lib, bu bilan u faqatgina o‘zining betakrorligini isbotlamoqchi, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘ngda) va XXR rahbari Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi yangi tartib-qoidalarni Rossiya va Xitoy belgilaydi, AQSh emas.

Vladimir Putin Amerika yetakchisining Rossiya haqida aytgan gaplariga qo‘shilmasligini bildirar ekan, “har bir shaxs o‘z fikrini bildirishga haqli”, deb qo‘shimcha qildi.

"Bu uning fikri. Menga Obamaning Amerika millati yagona, Qo‘shma Shtatlar tengsiz degan fikrlari menga juda yaxshi tanish. Men birinchi fikriga ham, ikkinchisiga ham qo‘shilmayman", — dedi Putin.

 

Yangiliklar lentasi
0