Nazarboyev Mirziyoyevni Qozog‘istonga taklif qildi

Obuna bo‘lish
Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va qardosh qozoq xalqini tarixiy sana – Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi bilan samimiy tabrikladi

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. 2016-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilingan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.

Daryo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston suv masalasini muhokama qildi
Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va qardosh qozoq xalqini tarixiy sana – Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi bilan samimiy tabriklagan.

O‘z navbatida Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishgani bilan muborakbod etgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston –Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlikning barcha sohalari bo‘yicha amaliy, ishonchli va ochiq muloqotni davom ettirishga qat’iy ishonch bildirganlar.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etgan va ushbu taklif mamnuniyat bilan qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0