Mirziyoyev amaldorlardan biriga hayfsan berdi

© IA "Jaxon"Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, yana rahbarlarning faoliyatiga to‘xtaldi

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, yana rahbarlarning faoliyatiga to‘xtaldi, deb xabar qilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qur’on va Konstitutsiyaga qo‘lini qo‘ygan holda qasamod qildi
"Qishloq xo‘jaligini bosqichma-bosqich isloh qilish, fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarini optimallashtirish asosida yiriklashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilash lozim. Pirovardida qishloq aholisining daromadi va turmush darajasini oshirish, qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy infratuzilmalarni yanada rivojlantirish imkoniyati kengayadi. Bu borada Toshkent viloyatida barcha imkoniyatlar mavjud, dedi davlatimiz rahbari.
Poytaxt viloyati yerining unumdorligi, hosildorligi bilan respublikamizning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Bu imkoniyatdan samarali foydalanish uchun yerni haqiqiy dehqonga, fermer bo‘laman, deb ko‘zi yonib turgan mirishkorlarga berish kerak. Dehqon boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi", deb ta’kidlagan Mirziyoyev.

Tanqid va tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimiz Toshkent viloyati yoshlarini ish bilan ta’minlash borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, kollej o‘quvchilarining davomati nazoratsiz qolayotganini qayd etar ekan, mutasaddilar bu masalaga alohida e’tibor qaratishi zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, viloyat hududida foydalanilmay turgan bino va inshootlarni investitsiya kiritish sharti bilan "nol" qiymatda sotish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi D.Hidoyatovga hayfsan berilgan.

Toshkent viloyati hududida foydalanilmay turgan bino va inshootlarni investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda sotish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatovga hayfsan berildi.

Toshkent viloyati hokimligi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimiyatini To‘ytepaga ko‘chirib, shaharni yangidan qurmoqchi

"Toshkent viloyati – katta iqtisodiy salohiyatga, ulkan imkoniyatlarga ega hudud. Zamonaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini eksport faoliyatiga jalb etishni muttasil oshirib borish zarur", deb ta’kidlagan Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0