O‘zbekiston aholisining 99% - juda ko‘p tuz iste’mol qilar ekan

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishkatta qozonda ovqat pishirish
katta qozonda ovqat pishirish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumki ko‘p tuz iste’mol qilish - qon bosimi oshishi, yurak xastaliklari va insult xavfini kuchaytiradi. Ushbu xastaliklardan dunyoda yiliga 1,7 mln kishi vafot etadi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2015-2016 yillarda o‘tkazgan tadqiqotiga asosan O‘zbekiston aholisi osh tuzini haddan ziyod miqdorda iste’mol qilar ekan, Sputnik muxbiri xabariga aosoan.

O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda kuniga JSST tavsiya qilgan miqdordan ko‘ra ancha ko‘p tuz iste’mol qilinar ekan. JSST kuniga bir kishi 5 grammdan kam tuz iste’mol qilishni maslahat beradi. 5 gram tuz — yarim choyqoshiq.

"Aholi sog‘lig‘ini yaxshilash — O‘zbekiston hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Shuning uchun o‘tkazilgan ushbu tadqiqot natijalari bu yo‘nalishda muhim strategiya ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi", — deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ko‘p hollarda odamlar kuniga qancha tuz iste’mol qilayotganini o‘zlari ham bilmaydi. Odatda inson tanasiga eng ko‘p tuz qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga kiradi. Masalan non bilan. Tuzni ko‘p iste’mol qilish qon bosimining oshishi, yurak xastaliklari va insult xavfini oshiradi.

Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholi tibbiy xizmat uchun qancha pul sarflashi o‘rganiladi

Butun dunyo aholisi JSST maslahatiga amal qilib kuniga 5 grammdan kam tuz iste’mol qilganida, dunyoda har yili 1,7 million kishining umrini saqlab qolish mumkin bo‘lar edi, — deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Shifokorlar o‘tkazgan tadqiqodiga ko‘ra, O‘zbekistonda 18-64 yoshli aholi tomonidan kuniga o‘rtacha 15 gramm tuz iste’mol qilinar ekan.

Statistik ma’lumotlar odatda,  meyoridan ko‘p, o‘rtacha va kam guruhlarga bo‘linadi, lekin O‘zbekistonda aholi tuz iste’mol qilish mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijasi quyidagini ko‘rsatdi:

Meyoridan 3 baravar ko‘p, ya’ni 15 grammdan ortiq tuz iste’mol qiladiganlar soni aholining 46,5 %ni tashkil qildi.

Meyoridan 1,5-2 baravar ko‘p, ya’ni 7,5dan  - 15 grammgacha  tuz iste’mol  qilardiganlar soni aholining 53,2 %ni tashkil qildi.

Meyorida va undan sal ortiq,  ya’ni kuniga 7,5 grammgacha tuz iste’mol qiladiganlar soni bor-yo‘g‘i — 0,3% ni tashkil qildi.

Tadqiqotchilar aniqlashiga ko‘ra, tuz iste’mol qilish, ayol va erkak bo‘lishiga va shahar yoki qishloqda yashashiga bog‘liq emas ekan.

Yangiliklar lentasi
0