TOShKENT, 15 dek — Sputnik. "Maxsus komissiya prezident, parlament va hukumat o‘rtasidagi vakolatlarni qayta taqsimlash masalasini ko‘rib chiqishi kerak", deb ta’kidladi Nursulton Nazarboyev payshanba kuni mamlakat mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda so‘zlagan nutqida.
Shu bilan birga u, "Qozog‘iston prezidentlik boshqaruvidagi mamlakat ekani va shunday bo‘lib qolajagini" ta’kidladi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, "komissiya bu masalalarni o‘rganib chiqib, tegishli qonunlar, va balki, konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha o‘z taklifini kiritishi lozim".
Nazarboyev, shuningdek, Qozog‘iston oldida turgan asosiy maqsad haqida ham gapirib o‘tdi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston 2050-yilga qadar dunyoning eng rivojlangan 30 davlati qatoridan o‘rin oladi.
"Men atayotgan gaplar — utopiya emas. "Qozog‘iston-2030" dasturini qabul qilayotganimizda ham u xomxayol, deb o‘ylagan edik. Ammo biz ushbu dasturni ikki marta qisqa muddatda, 15-yil ichida bajardik.Bu nimaning natijasi bilasizmi — biz ko‘rpamizga qarab oyoq suzatadigan davlatmiz", — deb bayonot qildi qozoq rahbari.