Jamiyat

Lola Karimova Islom Karimov fondining ilk loyihasi haqida xabar qildi

© Istagram / Lola Karimova
Lola Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Lola Karimova Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida joylashgan ikkita maktab rekonstruktsiyasi "Sen yolgʻiz emassan" xayriya fondi tomonidan amalga oshirilgani, biroq u bu xayrli ishni Islom Karimov fondining ilk ishi sifatida taqdim etmoqchiligi haqida xabar qilgan

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Lola Karimova bu haqda oʻz sahifasida shunday yozgan: Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan ikkita umumtaʼlim maktab qayta taʼmirlash ishlaridan soʻng oʻquvchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi. Mazkur maktablardagi kapital rekonstruktsiya ishlari "Sen Yolgʻiz Emassan" Fondi tomonidan amalga oshirilgan edi, ammo otamning xotiralarini yodga olib va xolis niyatlarimiz ramzi sifatida ushbu xayrli ishni biz Islom Karimov Fondining birinchi loyihasi sifatida taqdim etmoqchimiz".

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola Karimova Islom Karimov nomidagi fondga asos soldi
Xabarga koʻra, 5 gektarga teng umumiy maydonda joylashgan 5- va 43-sonli maktablarni taʼmirlash ishlari Fond tomonidan mazkur yilning may oyida boshlab yuborilgan. 1961 va 1980 yillarda qurilgan ikkala maktabning binolari juda eskirgan boʻlib, ancha yomon ahvolda boʻlgan. Qayta taʼmirlash ishlari binolarning devorlari va fundamentini mustahkamlashdan boshlangan. Qoʻshimcha qilib majlislar va sport zallari, maktab hovlilarida futbol, voleybol, basketbol, gandbol va tennis maydonchalari barpo etilgan.

341ta bola tahsil olayotgan 43-maktab uchun qoʻshimcha 5ta oʻquv sinflari qurib bitkazilgan. Endi oʻquvchilar qoʻshni maktab sinflarida emas, balki oʻz maktablarida bemalol dars oʻtishlari mumkin. 711ta oʻquvchiga ega 5-maktab uchun yangi gimnastika zali va oshxona barpo etilgan.

Barcha korpuslarning devor va poydevorlari mustahkamlanib, xonalarni isitish va kanalizatsiya tizimlari yangilanib, suv quvurlari va yongʻin havfsizligi tizimi oʻtkazilgan.

Maktabdagi oʻquv va maʼmuriy xonalar zamonaviy mebellar bilan jihozlanib, kompyuter texnikalari bilan taʼminlangan. Kimyo, fizika, biologiya, informatika, mehnat xonalari ham zarur anjomlar bilan jihozlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov haykalini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlov eʼlon qilindi
"Shu fursatdan foydalanib Islom Karimov Fondi nomidan barcha oʻquvchi, murabbiy va ota-onalarni maktablarning ochilishi bilan chin dildan samimiy qutlayman. Barchamizga maʼlumki insonning kelajagiga poydevor aynan maktabda solinadi. Bu ikki maskan koʻplab iqtidorli yigit va qizlarni yetishtiradi deb astoydil umid qilaman. Taʼlim jarayoni samarali kechishi uchun biz bu yerda barcha qulay sharoitlarni yaratishga harakat qildik. Ushbu maktablar bitiruvchilari bilan hali butun Oʻzbekistonimiz fahrlanishiga tilakdoshman. Oq yoʻl sizga, aziz bolalar!", — deb yozgan Lola Karimova oʻz xabarida.

Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga Oʻzbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida asos solingan.
Islom Karimov Fondining birlamchi vazifalari mamlakatimiz hamda horijda Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targʻib qilishga moʻljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iborat.

Fond tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy oʻquv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yoʻnaltirilgan turli ilmiy-maʼrifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0