O‘zbekistonda yana bitta bayram paydo bo‘ldi

© prokuratura.uzO‘zbekiston Bosh Prokuraturasi sayti
O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi sayti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 yanvar – "Prokuratura organlari xodimlari kuni" sifatida qayd etildi. Bu taklif kecha, 13-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramlari belgilandi, deb xabar qilmoqda qalampir nashri.

O‘zbekistonda prokuratura organlari kasb bayrami belgilanadi
Xabarda aytilishicha, 8-yanvar – "Prokuratura organlari xodimlari kuni" sifatida qayd etilgan. Bu taklif 13-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.

1992 yil 8-yanvar sanasida "O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Majlisda senatorlar buni alohida ta’kidlashgan va 8-yanvarni "Prokuratura organlari xodimlari kuni" deb e’lon qilishga qaror qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0