O‘zbekistonda prokuratura organlari kasb bayrami belgilanadi

Obuna bo‘lish
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Oliy Majlis deputatlari "O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Mirziyoyev yangi Farmonni imzoladi
Xabarga ko‘ra, 6-dekabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan.

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning, tadbirkorlik subektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqqanlar.

"Ilgari parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi.

Parlament vakillari o‘z ishlarini "O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilishdan boshladilar. Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, ular tomonidan xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi", — deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0