TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Davao shahriga merlik qilgan paytida jinoyatda gumon qilinganlarni shaxsan o‘zi o‘ldirganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Frans Press agentligiga asoslanib.
Shu yilning mayida prezidentlikka saylangan Duterte giyohvandlikka va giyohvand modda sotuvchilariga qarshi keng miqyosda kurash boshladi. Politsiyaning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda keyingi oylarda giyohvandlik savdosiga aloqador uch mingga yaqin kishi o‘ldirilgan.
"Davaoda men shaxsan o‘zim bu ishni qilganman. Yigitlarga (politsiyaga) men odam o‘ldirganimda nima uchun ular o‘ldira olmasligini ko‘rsatish uchun", — dedi Duterte.
"Men Davao bo‘ylab motosiklda yurganman va ko‘chalarni kezganman. Men birorta jinoyatchini o‘ldirish uchun yurardim", — dedi Filippin prezidenti va bu kampaniyani to‘xtatmoqchi emasligini aytdi.
Rodrigo Duterte 22-yil davomida Davao meri bo‘lgan.
Jahon jamoatchiligi Filippindagi narkosavdoga qarshi kurash usulini bir necha bor qoraladi. Inson huquqlari bo‘yicha BMT ekspertlari hukumatni qotilliklar va jinoyatda gumon qilinganlarni o‘ldirishdan voz kechishga chaqirdilar.