TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Yaponiyaga uyushtiradigan safari davomida jahonning dzudo bo‘yicha boshqaruvchi tashkiloti — "Kodokan"ni bajonidil ziyorat qilishga so‘z berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Bu, shak-shubhasiz, mening birinchi muhabbatim edi, deyish mumkin. Men sportning boshqa turlarini ham yaxshi ko‘raman: suzishni ham, chang‘i uchishni ham, mana hozir muzda xokkey o‘ynashni o‘rganyapman. Ammo dzudo — bu shubhasiz, hayotimning bir bo‘lagi, katta bo‘lagi, va men sportdagi mashg‘ulotlarim aynan dzudon boshlanganidan juda ham xursandman", — deb tan olgan Rossiya yetakchisi Yaponiyaning "Nippon" telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Putin suhbat davomida, o‘ziga Dzigoro Kano — dzudo asoschisi katta ta’sir o‘tkazganini e’tirof etgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15-dekabrdan boshlanadi.